Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
BANK XODIMLARI OʻRTASIDA SHAXMAT MUSOBAQASI OʻTKAZILDI
3.12.2018

Joriy yilning 2-3 dekabr kunlari “Mikrokreditbank” ATB xodimlari oʻrtasida sportning shaxmat turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Mazkur turnirda bankning Markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda barcha viloyat filiallari jamoalari ishtirok etdi.
 
Musobaqa 7 turdan iborat boʻlib, shvetsarcha tizimda oʻtkazildi. Musobaqada elektron soatlardan foydalanildi. Har bir ishtirokchiga oʻyin oxiriga qadar 15 daqiqadan vaqt berildi.
 
Taʼkidlash joizki “aql jangi” deya nom olgan sport mazkur turiga bank tizimi xodimlari ham jiddiy qiziqishi musobaqa davomida maʼlum boʻldi. Shu bois turnirda eng muhimi natijalar emas, balki sportga hamohanglik, hamkasblar oʻrtasida hamkorlik ruhining mustahkamlanishi boʻldi. Bu esa tizimda ijobiy psixologik muhit oʻrnatilishiga yordam beradi.
Shunday qilib, 7 tur davomida keskin va murosasiz kechgan baxslarda toʻplangan ochkolar natijasiga koʻra:
 
 Bankning Respublika apparati jamoasi – 1-oʻrin;
Bankning Jizzax viloyat filiali jamoasi – 2-oʻrin;
Bankning Surxondaryo viloyat filiali jamoasi – 3-oʻrin deb topildi.
 
Shuningdek, musobaqaning yakkalik baxslarida:
 
Bankning Chakana bank xizmatlari koʻrsatish departamenti boʻlim boshligʻi Otabek Mardiyev – 1-oʻrin;
 
Bankning Buxoro mintaqaviy filial monitoring boʻlimi bosh mutaxassisi Nodir Akramov – 2-oʻrin;
 
Bankning Surxondaryo viloyat Qumqoʻrgʻon filiali Shoʻrchi mini banki bosh mutaxasisi Abdusattor Turdiyev – 3-oʻringa loyiq koʻrildi.
 
Gʻoliblarga bank rahbariyati tomonidan kubok, medallar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
 
 
Bank Axborot xizmati

Valyutalar kursi

11.12.2018 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 8310.00 8360.00 8312.64
EUR 9250.00 9550.00 9456.46
GBR 10200.00 10650.00 10578.67
JPY 70.00 75.00 73.75

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Sayt haqida fikringiz