Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Mikrokreditbank filiallariga omonat joylab, foiz bilan birga yangi maishiy texnika ham oling!
7.09.2020

 Mikrokreditbank filiallariga omonat joylab, foiz bilan birga yangi maishiy texnika ham oling!

Barcha bank sizga oʼzining omonat xizmatlarini taklif etishi mumkin. Lekin hammasi ham omonat mablagʼingiz uchun sovgʼa beravermaydi. Mikrokreditbankning “Humo” nomli yangi aksiyasi Sizga ikki karra foyda olish imkoniyatini beradi.

ksiyaga koʼra: joriy yilning 30 noyabriga qadar oʼz mablagʼlarini Mikrokreditbankning Respublika miqyosidagi filiallariga ishonib topshirgan omadli fuqarolar zamonaviy maishiy texnikadan (14 dona kir yuvish mashinasi, 14 dona televizor, 14 dona mobil telefon buyumlari) biriga ega boʼladi. 

ksiya shartlari esa juda ham oddiy. Bankning Markaziy amaliyot boshqarmasi va filiallarda “Humo” nomli yangi omonat hisobvaragʼi ochib, unga boʼsh turgan mablagʼlaringizni (3 000 000 soʼmdan kam boʼlmagan miqdorda) joylashingizni oʼzi kifoya. Shu orqali siz aksiya ishtirokchisiga aylanasiz va qimmatbaho sovrinlardan birining baxtli sohibi boʼlish imkoniyati yuzaga keladi. 

hamiyatlisi, unda 18 yoshga toʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʼlmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Uning gʼoliblari esa belgilangan muddat yakuniga yetgandan soʼng Random.org dasturi orqali tasodifiy tanlov asosida eʼlon qilinadi. 

“Humo” nomli yangi omonat haqida batafsil ma’lumotlar bu yerda - https://mikrokreditbank.uz/retail/deposits/index.html 

Imkoniyatni qoʼldan boy bermang. Mablagʼingizni bir necha karra oshirish barobarida, xonadoningizga yangi kir yuvish mashinasi, televizor yoki mobil telefon olib boring.
 

Valyutalar kursi

22.09.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10320.00 10340.00 10315.62
EUR 12100.00 12800.00 12210.60
GBR 13000.00 13500.00 13322.62
JPY 90.00 100.00 98.67

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?