Matbuot markazi

Nashr uchun talqin
Yoshlr v xotin-qizlr tdbirkorligini qoʼllab-quvvatlash qamrovi kengaymoqda
16.10.2020

Yoshlr v xotin-qizlr tdbirkorligini qoʼllab-quvvatlash qamrovi kengaymoqda

   Yaqinda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʼilishi oʼtkazildi. Unda jamiyatimizda ayollar va yoshlarning rolini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishlari uchun ularga munosib sharoit yaratib berish masalasiga alohida urgʼu berib oʼtildi. 

   lbatta, Mikrokreditbank tomonidan ham jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash sohasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Davlat dasturlari va investitsiya loyihalari ijrosi boʼyicha joriy yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga jami 3 trln 572 mlrd soʼm kredit ajratildi. Shundan:
 
  – 659,2 mlrd soʼmi 16 910 nafar yoshning tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyishga yoʼnaltirildi va 18 100 ta ish oʼrni yaratildi.
  – 563,2 mlrd soʼmi esa 18 556 nafar ayol tadbirkorlar uchun ajratildi va shu hisobiga 19 400 ta ish oʼrni yaratildi. 
 
   Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlariga asosan 2020- yilda 1 138 mlrd soʼm imtiyozli kreditlar ajratildi va 44 448 ta ish oʼrni yaratildi. Shundan, birgina “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi doirasida ajratilgan 879 mlrd soʼmlik imtiyozli kreditlardan 569 mlrd soʼmi 28 122 nafar yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlashga yoʼnaltirildi. 
 
   – Bugungi pandemiya sharoitiga qaramay, xotin-qizlar uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi, bizlarni yanada yaxshiroq ishlashga, masʼuliyatliroq boʼlishga undaydi, – deydi “Gulyurt rt” MChJ rahbari Gulnora Odilova. – Men Shahrisabzdagi milliy hunarmandchilik boʼyicha loyihamni amalga oshirish uchun “Mikrokreditbank”dan 1 mlrd soʼm imtiyozli kredit oldim va buning natijasida shahrimizdagi, qishloqdagi 45 nafar ishsiz ayolning bandligi taʼminlandi.
 
   Hunarmandchilik sohasida ham 4 081 ta mijozga ajratilgan 126 mlrd soʼm imtiyozli kreditlarning 112 mlrd soʼmi yoki qariyb 89 foizi 3 772 nafar ayol va yosh tadbirkorlarga yoʼnaltirilgan. Bundan tashqari, “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi boʼyicha 928 nafar, Fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi mablagʼlari yoʼnalishlarida 443 nafar xotin-qizlar va yoshlar bandligi taʼminlandi. 
 
    Masalan, Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi "Bonito Group" MChJ rahbari Saydillo Solievning trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish uchun 1,5 mlrd soʼm kredit ajratildi. Hozirda korxonada 90 nafar ish oʼrni yaratilib, ulardan 61 nafari yoshlardan iborat. 
 
   Chust tumani, Tepaqoʼrgʼon MFYda faoliyat koʼrsatuvchi “peks Plast Invest Grup” MChJ rahbari Yusupov xmadjon Habibjon oʼgʼlining tuxum fleykasi ishlab chiqarish faoliyati uchun 600 mln soʼm kredit ajratildi. Ushbu korxonada jami 20 ta yangi ishchi oʼrini yaratildi, shundan 16 nafari yoshlardan iborat. 
 
   Umuman olganda, bankimiz tomonidan 2020- yilning yakuniga qadar, qoʼshimcha ravishda yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 172 mlrd soʼmga yaqin kreditlar ajratilishini taʼminlaymiz.
 
    Mazkur kreditlar samaradorligini oshirish uchun tayyor biznes loyihalarni amalga oshirish, oʼzini-oʼzi band qiladigan 67 ta yoʼnalish boʼyicha tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyish uchun kerakli moliyaviy maslahatlar berish tizimi bankning har bir hududiy boʼlinmalarida joriy qilinmoqda.
 
   Bulardan tashqari, Mikrokreditbankka biriktirilgan Quyonchilik sohasini rivojlantirish boʼyicha olib borilayotgan ishlarga ham yoshlarning qiziqishi ortib boryapti. Bu yoʼnalishda respublikadagi quyonlar sonini 5 milliontaga va vodiy viloyatlarining har birida 1 mln boshga yetkazish boʼyicha umumiy qiymati 461,4 mlrd soʼmlik 189 ta loyihani shakllantirib, ularni moliyalash manbalarini aniqlab olganmiz. Ushbu loyihalarga bank kreditlari hisobidan 311 mlrd soʼm mablagʼlar yoʼnaltiriladi. 
 
   Bugungi kunga qadar, 1 438 ta mijozga 131,9 mlrd soʼmdan ziyod kreditlar ajratib berildi, ushbu kreditlar hisobiga hozirda quyonchilik fermalarini tashkil etish, yaʼni mustahkam bazani yaratish ishlari olib borilmoqda. 
 
   Bundan tashqari, aholining ehtiyojmand qatlamini moliyaviy qoʼllab quvvatlash va bandligini taʼminlash sohasida “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarning 5 859 tasiga 59,9 mlrd soʼm kredit ajratildi. Mazkur sohada ham 2 686 nafar yoshga 28,7 mlrd soʼm va 3 040 nafar ayolga 27,2 mlrd soʼm kredit mablagʼlari ajratildi. 
 
   Prezidentimiz tomonidan 2020- yil 13- oktyabrda “holini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaror qabul qilindi. 
 
   Endilikda ushbu qarorga muvofiq, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitishni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashning quyidagi tartiblari joriy etiladi:
 
   Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan oʼquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitish boʼyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʼmdan ortiq boʼlmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi; 
 
   Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan shaxslarga oʼz biznesini tashkil etish uchun bank tomonidan mikrokredit ajratiladi. 
 
   “Mikrokreditbank” TB tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan, tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga oʼz biznesini tashkil etish uchun 33 million soʼmgacha mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi. 
 
    Shuningdek, mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sugʼurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasining kafilligi asosida 225 million soʼmgacha mikrokreditlar ajratiladi. Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.
 
   2021- yil 1- yanvarga qadar “Mikrokreditbank”ning aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish boʼyicha yangi biznes modeli ishlab chiqiladi. 
 
   Mikrokreditbank tadbirkorlarning, xususan, ishbilarmon yoshlar va xotin-qizlarning mana shunday orzu-umidlarini roʼyobga chiqarish yoʼlida bor imkoniyatlarni ishga solmoqda. Muhimi, buning natijasida ishsizlar ishli boʼlib, roʼzgʼorlarga baraka kirmoqda, odamlarning ishbilarmonlik qobiliyati yuzaga chiqayapti. 

Bank axborot xizmati

Valyutalar kursi

27.10.2020 holatiga kora

Sotib olish Sotish OzR MB
USD 10340.00 10390.00 10359.88
EUR 12000.00 12600.00 12258.78
GBR 13000.00 14000.00 13509.28
JPY 90.00 100.00 98.96

Valyutalar konvertori

 

Jismoniy shaxslar bilan ishlash bo’limi:

Telefon: +998 71 2029999 (ichki 1158)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

Sorovnoma

Qaysi bank xizmatlari sizni ko'proq qiziqtiradi?