Matbuot markazi1

Nashr uchun talqin
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi
7.07.2021

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi

 “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining DIQQÀTIGÀ!

HURMÀTLI ÀKSIYADORLÀR!

  “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi 2021-yil 28-iyul kuni, soat 11:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Lutfiy koʼchasi, 14-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” ÀTB majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.
     Yigʼilish kun tartibi:
  1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Àksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash. 
  2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitimni maʼqullash.
  3. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav kapitalini qoʼshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʼli bilan koʼpaytirish va qoʼshimcha aksiyalarini chiqarish haqida qaror qabul qilish.
 4. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan qoʼshimcha aksiyalar joylashtirilayotganda Bank aksiyadorlarining imtiyozli olish huquqini qoʼllamaslik.
  5. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki qoʼshimcha chiqarilayotgan aksiyalarining joylashtirish tartibi va muomalaga kiritish shartlarini belgilash.
  6. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Àksiyalar qoʼshimcha chiqarilishi toʼgʼrisidagi qarorini tasdiqlash.
 
  “Mikrokreditbank” ÀTB Kuzatuv kengashining 2021-yil 29-iyun kungi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar reestri 2021-yil 23-iyul kuni holatiga hamda umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2021-yil 29-iyun kuni holatiga tuziladi.
 
   Àksiyadorlarni roʼyxatga olish 2021-yil 28-iyul kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.
  Àksiyadorlar umumiy yigʼilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʼlishi kerak.
  Àksiyadorlarning umumiy yigʼilishi videokonferens-aloqa tarzida oʼtkazilsa, bu haqda qoʼshimcha maʼlumot beriladi.
 
  Yigʼilish oʼtkazish boʼyicha qoʼshimcha axborot, unda koʼriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.
 
   Tel: 998 (71) 202-99-99 (1315, 1317)
 
 

Bank Kuzatuv kengashi

 

 

Valyutalar kursi

03.08.2021 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10640.00 10700.00 10654.00
EUR 12200.00 13100.00 12662.36
GBR 14100.00 15200.00 14830.37
JPY 90.00 115.00 97.23

Valyutalar konvertori

 

Bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilish boshqarmasi:

Telefon: +998 71 273-04-40

                1285 (ichki 1297)

 

Bo’lim rahbari:

Ilashev Alijon

 

So’rovnoma

Sayt haqida fikringiz