Yagona qabul telefoni (+99871) 202-99-99
Yagona ishonch telefoni: (+99871) 273-04-40

Bosh ofis

100096, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 14.
Harita

Telefon.: (+998 71) 202-99-99
Faks: (+998 71) 273-05-90
Yagona ishonch telefoni: (71) 273-04-40

Kreditlash

ISTE'MOL KREDITLARI

    Iste'mol krediti 18 (o'n sakkiz) yoshga to'lgan va muomala layoqatiga ega, doimiy yashash joyida ro'yxatdan o'tgan, shuningdek o'z faoliyati natijasida olinadigan daromadlar, hamda boshqa qonuniy daromad manbalarga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.

    Iste'mol kreditlari O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste'mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilotning bankdagi hisob-varag'iga pul mablag'lari o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.

1. Mebellar, oshxona jihozlari, tele-video apparaturalar, orgtexnikalar, sport anjomlari va boshqa uy-ro'zg'or buyumlarini xarid qilish uchun eng kam oylik ish haqining 150 barobarigacha 36 oy muddatga.

2. O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan dam olish maskanlarida dam olib davolanish uchun eng kam oylik ish haqining 40 barobarigacha 24 oy muddatga.

3. Avtomobillarga gaz ballonlari o'rnatish, ta'mirlash uchun ehtiyot qismlar sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 50 barobarigacha 24 oy muddatga.

4. Quyosh batareyalari sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 150 barobarigacha 24 oy muddatgacha.

5. To'y marosimlarini o'tkazish xarajatlari uchun eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha 36 oy muddatga.

6. Yashash sharoitini yaxshilash maqsadida turar joylarga temir darvoza, panjara, yog'och-alyumin eshik-romlar, santexnika jixozlari (uskunalari) hamda uy tomini yopish va ta'mirlash bilan bog'liq qurilish materiallari (shifer, tunuka, cheripitsa, yog'och va boshqalar) sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha 36 oy muddatga.

7. Uy xo'jaligida foydalanish maqsadida suv nasoslari, elektr generatorlari sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 30 barobarigacha 36 oy muddatga. (O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar).

8. Maxsus o'quv kurslarida (haydovchilik, hamshiralik, chevarchilik, til o'rganish va boshqalar) hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati to'lovlariga eng kam oylik ish haqining 30 barobarigacha 12 oy muddatga (yillik 24 foiz asosida). 

Bankka taqdim etiladigan hujjatlar:

Pasport asli ko'rsatilgan xolda nusxasi taqdim etiladi  Maxalladan ma'lumotnoma;

Ish joyidan daromad va mazkur tashkilotda qachondan buyon ishlayotganligi to'g'risida ma'lumotnoma; 

Oldi-sotdi shartnomasi; 

Soliq idorasidan INN, INPS nusxalari; 

Qonunda belgilangan ta'minot turlaridan birini taqdim etishi kerak.

 


Shaxsiy kabinet tizimiga kirish

Ma'lumotni yuklab olish. (doc, 31 KB)

 

O`zgartirilgan sana: 12.09.2017y.

Iste'mol krediti onlayn-kalkulyatori

To`lov terminali va kredit olish uchun anketalar to'ldirish

Forumda bank va uning xizmatlari muhokamasi